Xorazm viloyati, Bog'ot tumani Qoraqosh qishlogʼi mustaqillik mahallasi

blog
  • Maktab tarixi
  • 31-03-2023, 09:35

Tarixiy ma'lumot

1927-1928  yillarda  qishlog’imizdagi  “NOIB”lar  uyida   17  o’quvchi  bilan  maktab  ish  boshlagan.  Dastlab  maktab  nomi  bo’lmay  “OBOD”  qishlog’i  maktabi  deb  yuritilgan
1930-yili  “BIRLASHUV” nomi  berilgan.
1932-yil   4 yillik  maktab  “KOMMUNIST”  nomi  bilan yuritila  boshlagan.
1938-yil   5 yillik,   1940-yil  7 yillik  maktabga  aylantirilgan.
1966-yil   Alisher  Navoiy  nomli  o’rta  maktab  deb  yuritila  boshlagan  va  direktori  Boboxon  Navro’zov  bo’lgan,  1971-yil  fevraldan  maktabni  Allanazarov  Maxmud  boshqargan
1972-yil   hozirgi  binoga  ko’chib  o’tilgan.
 Boshlang’ich  sinflar  eski  binoda  qolgan.
1973-yildan  O’razmetov  Sobir  direktor  qilib  tayinlangan.  1981-1987  yillarda  maktabda  o’qish  ikki  smenada  olib  borilgan.
1987-yili  qo’shimcha  bino  qurib  ishga  tushirildi  va  o’qish  bir  smenaga  o’tkazildi.
Maktabga  1980-yil  Nurullayev  Hasan,  1982-1986  yillar  Jumaniyozov Kenja,  1986-1989 yillarda  Bobojonov  Abdulla, 2007-2018-yillarda  Qo’shnazarov Ollayor rahbarlik  qilgan.
Hozirgi kunda maktabni Shermetova Sabohat boshqarib kelmoqda.
Maktab jamoasi ahil va hamma ishda bir yoqadan bosh chiqarib mehnat qilib kelmoqdalar.
Erishgan muvaffaqiyatlarimiz  talaygina. Mana so’ngi yillarda bilimlar bellashuvi, olimpiadalarda tumanda ixtisoslashtirilgan maktablardan tashqari oddiy maktablar ichida  1-o’rinni egallab turibmiz.

Manzil

  • Xorazm viloyati, Bog'ot tumani Qoraqosh qishlogʼi mustaqillik mahallasi
  • +998 (93) 468-81-88
  • info@bogot6-m.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Май 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031 

Yil dasturi

Maktab manzili